Шохрух Хамдамов

Шохрух Хамдамов

  • О персоне
  • Имя: Шохрух Хамдамов
  • Настоящее имя: Шохрух Хамдамов
  • Отчество: Баходирович
  • День рождения: 31 Июля 1995
  • Возраст: 28 лет
  • Место рождения: Узбекистан, Ташкент
  • Карьера: Актер
  • Семейное положение: не женат
  • Годы активности: 2014 - наст. время
  • Рейтинг: 9.5
Биография:
Kinoaktyor, prodyuser va teleboshlovchi Shoxruh Bahodirovich Hamdamov 1995-yilning 31-iyulida Farg’ona viloyatining Qo’qon shaxrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Toshkent shaxrida voyaga yetgan aktyor Hamza tumanida joylashgan 152-umumtalim o’rta maktabida taxsil olgan. Shoxruhning otasi Bahodir Azamovich mashxur arxitektor bo’lgan. Onasi Sanobarxon Hamdamova esa shifokor-stomatolog. Oilada uch farzandning kenjasi bo’lgan Shoxruxning 1 nafar akasi va opasi bor. 2003-yilda Shoxruh Hamdamovning otasi, bolajak aktyor 8 yoshga to’lganida vafot etgan. Bolaligidanoq oilaga nisbatan masuliyat va muqaddas dargoxning qadriga yetib o’sgan Shohrux maktab tadbirlarida juda faol edi. A’lo baholarga o’qish bilan birgalikdan xech bir maktab tadbirlarini qoldirmas edi. Otasi Shohruxning kelajakda el sevgan sanatkor bo’lishini juda istagan va xaqiqatdan xam unda bolaligidanoq istedod kurtaklari rivojlana borgan. Negaki Shohruxning amakilari Farg’onaning ustoz san’atkorlaridan bo’lgan.

O’rta maktabni tugatgach 2011- yilda Shoxruh Hamdamov Toshkentdagi Respublika Estrada va Sirk kollejiga o’qishga kiradi. Va ushbu kollejni 2014-yilda muvaffaqiyatli tamomlaydi. Ammo institutga kirishda Hamdamovning omadi chopmadi. Shunday bo’lishiga qaramay u ayni shu yilning o’zida “Paxta ishi”, filmida va 2015- yilda ketma ket “Zurriyot”, “Saodat”, “Beoshiyon yaralangan ayol” seriallarida turli rollarni yaratdi. Ushbu filmlar muvaffaqiyat qozongach o’zbek kinorejissorlari yosh aktyorni yana ko’plab filmarga bosh rollarga taklif etdilar. Shohrux Hamdamov Davlat buyurtmasiga asosan suratga olinadiga film va seriallardan xam bosh qaxramonlarni juda ko’p bora jonlantirgan. “Tinchlik ortida ”, “Isnod” “Parvoz”, “Ezgulik Hududi”, “Izquvar” , “Temur”, “Parvoz” , “Muhabbat restorani” “Tuxmat girdobi” “Baxt ovchisi” singgari film va seriallarni aktyorning ijrosisiz tasavvur etib bo’lmaydi.

2018-yilda aktyor O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat oliygohining Drama teatr va kino aktyorligi bo’limiga qabul qilindi. Shoxruh Hamdamov mahoratli klipmeykerlarning xam sevimli qaxramoni xisoblanadi. Aktyor Sardor Rahimxonning “Onam”, Munisa Rizayevaning “Ovuna”, Husan ijrosidagi “Alamlar” va “Parijon”, Yorqinxoja Umarovning Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari faoliyatiga bag’shlangan “Bir kunlik” , Sardor Toirovning “Majbur”, Ulug’ek Rahmatullayevning “Yolg’onchim” , Yulduz Usmonovaning “Muborak” taronlari shuningdek Umar Shamsiyev, Dilshod Rahmonov Lobar Umarova kabi o’zbek estradasi va milliy estradasi yulduzlarining videokliplarida turfa qaxramonlarni ijro etgan.
ads